Sardor Rashidov o`zi goli bilan “Al-Jaish”ning g`alabasiga hissa qo`shdi (Video)

09:23, 19 sentabr

O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi to`p surayotgan Qatarning “Al-Jaish” klubi milliy chempionatni g`alaba bilan boshladi.

Qatar Yulduzlar ligasi dastlabki turida “Al-Jaish” o`z maydonida “Al-Vakra” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi. O`yinning 26-daqiqasida Sardor Rashidov hisobni ochgan bo`lsa, 52-daqiqada Romario hisobni oshirdi – 2:0.

Uchrashuvning 74-daqiqasida “Al-Vakra” legionri Pablo Fernando Oliveyra hisobni qisqatirishga erishdi. Ammo bu o`yindagi so`nggi gol bo`lgandi.Mazkur o`yinda Rashidov 88 daqiqa maydonda harakat qildi. 

“Al-Jaish” – “Al-Vakra” 2:1

Gol: Rashidov (26), Romario (52) – Oliveyra (74)

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!