IIV tizimida bir qator lavozim o`zgarishlari amalga oshirildi

09:41, 19 sentabr

O`zbekiston Ichki ishlar vazirligida bir qator lavozim o`zgarishlari bo`ldi. Bu haqda IIVning “Na postu” nashriga asoslanib “Gazeta.uz” ma`lum qildi.

Polkovnik Saidkarim Nishonboev mamlakat ichki ishlar vaziri o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Qoraqalpog`iston ichki ishlar vazirining yangi o`rinbosari lavozimiga esa Aytbay Temirxanov tayinlandi.

Polkovnik Alisher Ergashev O`zbekiston IIV Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi boshlig`i bo`ldi.

IIV Jinoiy qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida polkovnik Nodir Qurbonov faoliyat yuritadi.

Farg`ona vodiysi ichki ishlar organlarida ham bir qator lavozim o`zgarishlari qayd etildi.

Viloyat IIB Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshlig`i lavozimiga podpolkovnik Farruh O`sarov, Farg`ona shahar Ichki ishlar boshqarmasi podpolkovnik Rahmonali Musaev, Qo`qon IIBga — podpolkovnik Azimjon Yuldashev, Quvasoy ichki ishlar bo`limiga — podpolkovnik Qudratjon O`rinboev, Uchko`prik tuman IIBga — podpolkovnik Ziyohidin G`afurov tayinlandi.

Podpolkovnik Otabek Saydahmedov Samarqand viloyat Qo`shrabot tuman IIB boshlig`i etib tayinlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!