Choy ichishning 8 qoidasi haqida eshitganmisiz?

09:46, 19 sentabr

Och qoringa mumkin emas

Nonushta qilmasdan avval ichilgan choy oshqozon suyuqligiga ta`sir etib, ba`zilarda me`da kislotasi me`yorini o`zgartirib yuboradi. Bu esa oshqozon faoliyati bilan bog`liq bezovtaliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, ishtaha yo`qolishiga ham sabab bo`ladi. 

Og`izni kuydirmasin

Qaynoq choy og`iz bo`shlig`i, halqum va tilning shillik qavatini zararlantirishi mumkin. Qolaversa, muntazam qaynoq choy ichilganida tomoq achishishi kuzatiladi. Eng ma`quli, iliq holatda ichilganidir.

Takroran ishlatilsa...

Ba`zilar ertalab damlangan choyni kechqurun qaynatib, ichishadi. Ammo qaynatilgan choyda kofein miqdori faollashishini unutmang. Kofein ta`siri ortganida esa bosh og`rig`i, uyqusizlik, hazm faoliyati bilan bog`liq bezovtaliklar kelib chiqadi. 

Uzoq qaynatmang

Choy damlayotganda uni gaz pechi ustiga qo`yib qaynatib olishni istasangiz, 2-3 daqiqadan ortiq ushlamang. Aks holda, ichimlik rangi to`qlashib, ta`mi tahirlashadi. Tarkibidagi antioksidantlar va aminokislotalar ham parchalanadi. 

Xaltachalilari: 1 martalik xolos

Maxsus xaltachalarga solingan choylar aslida bir martalik foydalanish uchun mo`ljallangan. Takror ishlatilganida esa foydali xususiyatini yo`qotadi. Ta`mi ham o`zgaradi. 

Ovqatdan oldin tavsiya etilmaydi

Taomiliga ko`ra ovqatlanishdan oldin choy ichilmaydi. Aksi bo`lganida esa oshqozonga tushgan suyuqlik ta`m bilish reseptorlariga ta`sir etishi, shuningdek organizmga oqsil singishini sekinlashtirishi mumkin. Eng ma`quli taomlanib bo`lgach, 10-15 daqiqadan so`ng choy ichishdir.

Dori vositalarini choy bilan ichish

Choy tarkibidagi moddalar dori tarkibidagi birikmalarni organizmga singishiga to`sqinlik qiladi, preparat keraklicha ta`sir ko`rsatmaydi. Dori vositalarini, yaxshisi, qaynatilgan yoki gazsiz suv bilan ichish lozim. 

Kechagisi...

Choynakdagi choy oshxonangizda tong orttirgan bo`lsa, uni bankaga olib qo`ymay, yaxshisi to`kib yuboring. Chunki bu tariqa saqlangan choyning na foydasi bor, na mazasi.  Bakteriya va zamburug`lar uchun qulay muhit bo`lib xizmat qiladi, xolos.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!