BMT Bosh Assambleyasi delegatlari Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

09:50, 19 sentabr

16 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 71- sessiyasi yalpi majlisi O`zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotarasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshlandi. Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar bermoqda.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Prezident Islom Karimov vafotidan chuqur qayg`uda ekanini ma`lum qildi. U davlat rahbarining O`zbekiston va BMT o`rtasidagi ishonchli hamkorlikni o`rnatish, mintaqaviy va global tinchlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashdagi xizmatlarini e`tirof etdi.

BMT rahbari Islom Karimov 2009 yilda qonuniy kuchga kirgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hududni barpo etish to`g`risidagi shartnomaning faol targ`ibotchilaridan biri ekanini qayd etib o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!