“Real” Primerada ketma-ket erishilgan g`alabalar bo`yicha “Barselona” rekordini takrorladi

10:22, 19 sentabr

Avval xabar qilinganidek, “Real Madrid”jamoasi Ispaniya chempionati 4-turida “Espanol” klubi bilan bahs olib borib, 2:0 hisobida g`alaba qozondi.

Mazkur g`alaba madridliklar uchun Ispaniya chempionatida ketma-ket 16-si bo`ldi. “Real” ushbu natida bilan azaliy raqibi “Barselona” rekordini takrorladi.

Kataloniyaliklar 2010/2011 yilgi  mavsumda Xosep Gvardiola boshqaruvi ostida qatorasiga 16 uchrashuvda g`oliblikni qo`lga kiritishgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!