DAISh jangarilari AQShda bo`lib o`tgan teraktlar uchun javobgarlikni bo`yniga oldi

11:20, 19 sentabr

“Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilari Amerikaning Minnesota shtati savdo markaziga bo`lgan hujum uchun javobgarlikni bo`yniga oldi, deya xabar beradi Independent nashri.

Shanba kuni erkak pichoq bilan sakkiz kishiga tashlandi. Hujum vaqtida u Olloh nomini tilga olgan va jabrlanganlardan biridan musulmon yoki yo`qligi haqida so`ragan. Hujum uyushtirgan shaxs huquq-tartibot organlari tomonidan otib o`ldirilgan. Polisiya hodisani terakt deb atashdan bosh tortdi.

“Minnesotadagi hujumni DAISh jangarisi amalga oshirdi”, — deb yozadi nashrlardan biri jangarilarning bayonnomlariga asoslangan holda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!