Hojilarning birinchi guruhlari O`zbekistonga qaytib keldi

11:35, 19 sentabr

18 sentyabr kuni kechqurun o`zbekistonlik hojilarning birinchi guruhlari vatanga sog`-salomat qaytib keldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent xalqaro aeroportda ziyoratchilarni Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa davlat va jamoat tashkiloti vakillari kutib oldi.

Ko`tarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilar yuqori saviyada tashkil etilgan ziyorat uchun minnatdorchiliklarini bildirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!