Istanbulda DAIShga aloqadorlikda gumonlanayotgan 40 nafar chet el fuqarosi qo`lga olindi

11:42, 19 sentabr

Istanbul polisiyasi 18 sentyabr, yakshanba kuni DAISh terrorchilik tashkilotiga a`zolikda gumonlanayotgan 23 kishining uy manzili bo`yicha reyd o`tkazdi. Reyd natijasida 40 nafar chet el fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Ma`lumotlarga ko`ra, qo`lga olinganlar orasida Afg`oniston, Eron,Iroq va Ozarbayjon fuqarolari bor. Qo`lga olinganlarning yashash joyidan IDga oid hujjatlar, elektron tashuvchilardagi ma`lumotlar aniqlangan va musodara qilingan. 

Qo`lga olinganlarning barchasi xavfsizlik boshqarmasiga so`roq qilish uchun olib ketilgan. Ulardan ko`pchiligi Suriya va boshqa notinch mamlakatlarga bir necha marotaba borib kelgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!