Pele Messini Ronaldudan ustun deb topdi

14:16, 19 sentabr

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, 3 karra jahon chempioni afsonaviy Pele bugungi kunda dolzarb mavzuga aylangan – “Barselona” hamda “Real” etakchilari Messi va Ronaldu o`rtasida kim kuchli ekaniga o`z munosabatini bildirdi.

“Ronaldu juda kuchli to`purar ammo Messi dunyoning eng yaxshi futblchisi. Men boshqa ismlarni ham keltirishim mumkin, lekin so`nggi 10–15 yil ichida Messi barqaror o`yin ko`rsatib kelmoqda.

Ronaldu menga Ronaldoni yodga solmoqda. U ham gol uradi, biroq Messi uzatmalarni ham tez-tez berib turadi. Shu sababli ham, Messi dunyodagi eng zo`r futbolchi ekaniga shubha yo`q”, – dedi Pele. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!