“Makdonalds” 500 million dollar soliq to`lamaganlikda ayblandi

15:30, 19 sentabr

Evroittifoq “Makdonalds”dan 500 million dollar soliq to`lashni talab qilmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Hujjatlarga ko`ra, 2009 yildan “Makdonalds”ning Evropa bo`linmalari Evroittifoq byudjetiga 1,8 milliard dollar daromaddan 1,49 foiz soliq to`lagan. Nashrning yozishicha, Lyuksemburgda soliq summasi daromaddan 29,2 foizni tashkil qilishi kerak bo`lgan.

“Makdonalds” vakillari kompaniya barcha soliqlarni vaqtida to`lanayotganligini ma`lum qilib, davlatdan hech qanday imtiyoz olmayotganligini ma`lum qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!