Asaldan 25 ta shifobaxsh resept

16:05, 19 sentabr

Asalning shifobaxsh xususiyatlari haqida juda ko`p yozish mumkin. U  foydali shirinlik hamda dori sifatida har bir uyda bo`lishi kerak. Etti mo``jizaning biri bo`lgan asal turli kasalliklarga darmon bo`lishda chinakam mo``jiza ekani qadimdan isbotlangan.

Oshqozon yarasi bezovta qilganda…

…ertalab va kechqurunlari bir choy qoshiq asalni og`izga solib, shimib yurilsa, foyda qiladi.

Bola kechalari ko`p yig`lab chiqsa…

…vaqti-vaqti bilan labiga asal surting. Kattalarga ham uyqusizlikda asal yordam beradi. Buning uchun valeriana eritmasini asalli suvga qo`shib ichish kerak.

Ko`rish qobiliyatini yaxshilash uchun…

…asalni qizil sabzi sharbatiga qo`shib, doimiy ravishda ichib yurish lozim.

Bosh og`risa…

…bo`yimodaron (tsyachilistnik) damlamasiga asal qo`shib, soch ildizlariga surtiladi.

Qondagi gemoglobin darajasini ko`taradi…

…agar kefirga asal aralashtirib ichsangiz.

Tomoq og`rig`i va gaymoritda…

1 l. qaynagan suvga 100 gr. asal va 50 gr. tuz qo`shing. Ushbu aralashma bilan tomoq va og`iz bo`shlig`i g`arg`ara qilinsa, yallig`lanish jarayonini to`xtatadi. Burunga olib chayilganida esa gaymoritni davolashda ko`maklashadi.

Qon bosimini tushiradi…

…agar asalni yalpiz va kashnich sharbatiga aralashtirib ichilsa.

Tishlaringizni oqartirishni istasangiz…

…asalga erqalampir (xren) sharbatini aralashtirib yuving.

Teri kuyishi va boshqa muammolarida…

…shivit suviga asal qo`shib, yaraga qo`yib bog`lansa, yordam beradi.

Qovug`i bo`sh bolalarga…

…doimiy ravishda no`xat, asal va petrushkani aralashtirib berib turilsa, peshob tutishni yaxshilaydi.

Yo`tal bezovta qilsa…

…iliq sutga asal solib iching.

Grippning oldini olish uchun…

200 grammdan asal va sariyog`, 20 gr. un va uch dona tuxum sarig`ini qo`shib, ko`pirtiring. Aralashmani muzlatkichda saqlang. Kuniga 3 mahal 1-3 choy qoshiqqa 1 tomchi lyugol eritmasidan solib, ovqatdan oldin qizil sabzi yoki limonli suv bilan iching.

Yuz terisini tozalash uchun…

…50 grammdan asal va bodring suvini aralashtirib surting. Yarim soatdan so`ng yuvib tashlang.

Ajinlarni yo`qotish uchun…

…25 gr. asalga bitta tuxum sarig`i, yarim choy qoshiq gliserin solib aralashtiring. Tozalangan yuz terisiga surtib, 15 daqiqadan so`ng yuving.

Furunkul va yaralarda…

1 osh qoshiq asalga 2 ta tuxum sarig`i, yarim choy qoshiq tuz va ozroq un solib, xamir qoring. Xamircha furunkul va boshqa yaralarga qo`yib bog`lansa, ularni oson bartaraf etadi. 

Buyrak muammolarida…

Asalni na`matak damlamasiga qo`shib ichilsa, buyrakni quvvatlantirib, tuzlari chiqib ketishida yordam beradi. 

Xotira zaiflashsa…

200 grammdan asal, piyoz suvi va limon aralashmasini ovqatlanish vaqti 1 osh qoshiqdan eb turilsa, xotirani mustahkamlaydi.

Mastit davosi

Asalni zaytun yog`i bilan aralshtirib, ko`krakka kompress qilinsa, mastitni davolaydi.

Miomaga qarshi chora

Jo`ka (lipa) asali bilan miomadan qutulish mumkin. Buning uchun har kuni 2-3 qoshiqdan shu asalni iste`mol qiling. Propolisini esa dokaga o`rab, 1 hafta davomida kechasi qin ichiga qo`yiladi. 3 kun dam olib, yana bir haftalik davolash muolajasi o`tkaziladi.

Jigar uchun foydasi

Tvorogga asal qo`shib iste`mol qilinsa, jigarga foyda.

Kosmetologiyada…

3 osh qoshiq tvorogga ozroq qaymoq va 1 osh qoshiq asal qo`shib, quyuq aralashma tayyorlang. Uni yuz va bo`yin terisiga surtsangiz, tiniqlashtiradi, yuz mushaklari tonusini yaxshilaydi. Har qanday yuz terisiga to`g`ri kelaveradi.

Bu qiziq!
•  Qadimgi Misrda asal qimmati pulga tenglashtirilgan. Bu an`ana keyinchalik Rimga ham o`tgan. U erda jarima pul, mol-xol yoki asal bilan to`langani ma`lum.
•  1 kg. asal olish uchun asalarilar 4.500 marta uchib, 6-10 mln. guldan nektar yig`adi.
•  Asal keltiruvchi arilar umuman uxlamaydi.

Diqqat!
Choy asalning foydasini kamaytiradi. Shuning uchun asalni suvga qo`shib ichish kerak.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!