Bulg`or qalampirli yangilik

16:17, 19 sentabr

Do`lmadan zerikkanlar uchun

Zarur masalliqlar: 450 gr. go`sht, 350 gr.qo`ziqorin, 8 bo`lak yumshoq pishloq, 2 ta yirik bulg`or qalampiri, 1 bosh piyoz, 8 osh qoshiq suv, 2 osh qoshiq sariyog`, o`simlik yog`i, tuz. 

Tayyorlanishi: 1. Piyozni halqa shaklida to`g`rab, qizdirilgan sariyog`da qovuring. So`ngra bo`laklangan qo`ziqorinlarni soling. 10 daqiqa qovurgach, tuz seping-da, olovni pasaytiring, yana 5 daqiqa dimlang. 

2. Go`shtni yupqalab uzunchoq qilib to`g`rang-da, ziravorlar seping. So`ngra qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring.

3. Bulg`or qalampirini ikkiga bo`lib, urug`laridan tozalang. Yog`langan toblama qolipiga joylashtiring. Avvaliga har biri ichiga pishloq bo`lagini joylang. Keyin qovurilgan go`sht va qo`ziqorinlarni soling-da, pishloq bo`lagi bilan yoping. 190 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqada pishadi. 

4 kishilik
1 soat

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!