Kuzning 5 ta foydali mahsuloti

16:39, 19 sentabr

Kunlar salqinlashishi bilan ko`pchilikda shamollash, holsizlik, kayfiyatning o`zgarishi, stress holatlari kuzatiladi.  Bu muammolarni foydali mahsulotlar bilan hal etish mumkin. Sizlarning e`tiboringizga inson organizmi uchun foydali bo`lgan 5 ta mahsulotni havola etamiz. 

1. Karam surunkali kasalliklarni oldini olishda yordam beradi. Karamda barcha vitaminlar,  jumladan, S, V1, V2, V3, V6 va Klar mavjud. Barra yoki tuzlangan karam birdek foydali va mazalidir.

2. Qovoq — kuzning shirin va foydali ne`mati. Qovoqni parhez vaqtida iste`mol qilish ayni muddao bo`ladi. Uning tarkibida beta-karotin bo`lib, ko`zni o`tkirlashtiradi. RR, E, T, K vitaminlari esa anemiyaga davo hisoblanadi. 

3. Lavlagining kamligi sabab, u parhez ozuqadir. Uning tarkibida fosfor, magniy, temir vitaminlari mavjud. Lavlagini dimlangan, qaynatilgan yoki dudlangan holda iste`mol qilish tavsiya etiladi. Uning barcha foydali vitaminlari saqlanib qolishi uchun butunligicha tayyorlash maqsadga muvofiq.

4. Olmaning foydali taraflari haqida qancha gapirsak ham oz bo`ladi. Olma tarkibidagi vitaminlar: S, RR, V, N, E, hamda temir, magniy, kalsiy, yod, fosfor. O`zingizning ovqat rasioningizga olmani doimiy ravishda qo`shing, va albatta, uning foydasini sezasiz.  

5. Selder ko`katning ildizi ham, barglari ham foydali. Yuqoridagi mahsulotlarimiz kabi uning ham tarkibida ko`pgina foydali vitaminlar mavjud. Bular: A, S, RR, E, shuningdek, kaliy, temir, rux. Selder hazm qilishni yaxshilaydi. U yana arterial bosimni muvofiqlashtiradi, revmatizmda ham juda foydali.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!