Oybek va Nigora san`atkorlarni bir davraga jamladi(Foto)

16:52, 19 sentabr

Xonandalar Oybek va Nigora o`g`illari Imronbekning aqiqasini o`tkazishdi. Shu munosabat bilan xonandalarning yaqinlari, do`stlari va hamkasblari bir davraga jamlandi. 

Nigora o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali aqiqaga tashrif buyurgan barcha hamkasblari, do`stlariga minnatdorchilik bildirdi. 

Xonandalar Oybek va Nigora 2015 yilning 21 noyabrida turmush qurgan edi. 

Shu yilning 27 avgustida esa ular o`g`il farzandli bo`lishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!