Fransiyada bir martalik plastmassa idishlar taqiqlanadi

17:00, 19 sentabr

Fransiya hukumati joriy yilning iyul oyida “Energetikaning ‘yashil o`sish’ga o`tish” haqidagi aktga muvofiq xaridlar uchun mo`ljallangan bir martalik polietilin paketlardan foydalanishni taqiqlagan edi. Endi navbat bir martalik plastmassa idishlarga keldi, deb yozadi “naked-science.ru”. 

2020 yildan to`la kuchga kiradigan bunday chora-tadbirlardan asosiy maqsad atrof-muhitga zarar keltirmaydigan texnologiyalardan foydalanish hisoblanadi.  Bir martalik paket va idishlar o`rniga tabiatga xavf solmaydigan materiallardan tayyorlangan idishlardan foydalanish taklif etilmoqda. 

Statistika ma`lumotlariga ko`ra, 2015 yilda Fransiyada 4,73 milliard plastik stakanlar va 17 milliard  paketlar ishlatilgan va tashlab yuborilgan.  Ekologlarning fikriga ko`ra, asr o`rtasiga borib, dunyo okeanlarida baliqdan ko`ra ko`proq plastik suzib yuradi. Biroq mazkur faktlar va Fransiyada qo`llanilayotgan chora-tadbirlar hammaga ham yoqmayapti. Ayrim plastmassa idishlari ishlab chiqaradiagn kompaniyalar mazkur qarorga norozilik bildirmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!