Taniqli futbolchining singlisi avtohalokatda halok bo`ldi

17:15, 19 sentabr

Yaqin o`tshimning taniqli futbolchilaridan biri, Kolumbiya terma jamoasining sobiq a`zosi Karlos Valderramaning singlisi avtohalokatda halok bo`lgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda iSport.ua xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, 43 yoshli Gloriya Mariya Valderrama Bastidas shahri hududida yo`lovchi bilan motosilkda bo`lganida boshqa avtotransport bilan to`qnashgan va shifoxonaga olib borilganida vafot etgan.

Mahalliy polisiya xodimlarining aytishicha, voqea baxtsiz hodisa bo`lmasligi va ayolni atayin o`ldirib ketishganini istisno etmadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!