Qanday choyni yoqtirasiz?

09:49, 20 sentabr

Ko`k choy: asablaringiz joyida!

Tabiatan og`ir-vazmin insonsiz. Xatti-harakatlaringizni doim nazorat qilasiz. Do`stlaringiz ko`p, ammo ishonuvchanligingiz sabab ba`zida yutqazib qo`yishingiz mumkin. 

Qora choy: sinchkov!
Boshqalarning e`tiboriga tushmaydigan narsalarni ham ko`zdan qochirmaysiz. Ammo bu odatingiz ba`zilarga yoqmaydi. Bir tarafdan hammaga birdek yoqish  shart emas. O`zingizga ishoning. 

Mevali choy: o`zgarishlarni yoqtirasiz! 
Bir hillik sizni tez  zeriktiradi. Doim nimadir o`zgartirishga, yangiliklarga qiziqasiz. Ammo shoshma-shosharlik qilmang. Gohida biror nimaga erishish uchun sabr qilish kerakligini ham yodda tuting. 

Limonli choy: tavakkalchisiz!
Bunday choyni yoqtiradigan insonlar tavakkal qilishdan cho`chishmaydi. Biroq uzoqni to`g`ri ko`zlashda adashishlari mumkin. Ularga yaqinlari bilan maslahatlashish va gohida aqlga emas, yurakka quloq tutish tavsiya etiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!