Yugurishning 8 foydasi

10:21, 20 sentabr

1.  Yurak hamda qon-tomir tizimi uchun foydali. Muntazam yugurish bu a`zolarning yanada mustahkam ishlashiga yordam beradi. 

2.  Qonning kislorod bilan to`yinishiga ko`maklashadi. Jismoniy mashqlarni bajarishga ko`nikkan insonning yuragi kamharakat kishinikiga qaraganda ko`proq qon haydaydi. Qon aylanishi tezlashsa, organizmga kislorod ham ko`proq keladi. 

3.  Asabiylashishga qarshi samarali vosita. Shifokorlarning ta`kidlashicha, tushkunlik va charchoqdan xalos bo`lish uchun ter to`kish lozim ekan.

4.   Organizmning endorfin gormonini ishlab chiqarishiga yordam beradi. Bu gormon kayfiyatingizning ko`tarinki bo`lishiga xizmat qiladi. 

5.   Aqliy faoliyat yaxshilanadi. Yolg`izlikda yugurish ko`pgina masalalarga echim topish uchun qulay fursat sanaladi. Ochiq havoda yugurilsa, organizm kislorodga to`yinadi, miya hujayralari ham faollashadi. 

6.  Muntazam yugurish immunitetni yaxshilaydi, chunki qon tarkibida eritrosit va gemoglobin miqdori oshadi. Shuningdek, qonda xolesterin kamayib, ochlik hissi yo`qoladi hamda ovqat hazm bo`lishi yaxshilanadi. 

7.  Kunning istalgan vaqtida yugurish imkoni bor. Ertalab qonda gormonlar ko`paygan bo`ladi, jismoniy mashq esa tanani qizitib beradi. Kechki payt yugurganda esa kun davomida to`plangan charchoq va asabiylikni quvish, tinch uyquga erishish mumkin. 

8.  Olimlar tomonidan yugurish davomida zararlangan jigar hujayralarining tiklanishi isbotlangan. Shuningdek, buyraklardagi zo`riqish bartaraf etiladi, ularning faoliyati yaxshilanishiga turtki bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!