O`zbekiston termasining Eron va Xitoyga qarshi o`yinlari vaqti ma`lum bo`ldi

10:22, 20 sentabr

Futbol bo`yicha Jahon chempionati–2018 tuniriga saralashining uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Eron va Xitoy terma jamoalariga qarshi o`yin o`tkazadi.

"A" guruhi doirasidagi ushbu ikki uchrashuvning boshlanish vaqtlari va joyi ma`lum bo`ldi, deya ma`lum qildi O`FF matbuot xizmati.

Shunday qilib, O`zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi uchrashuvi 6 oktyabr kuni, soat 18:00da start oladi. O`zbekiston - Xitoy uchrashuvi 11 oktyabr kuni, 18:00da boshlanadi. Har ikki o`yin ham Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo`lib o`tadi.

Ta`kidlash kerakki, O`zbekiston milliy terma jamoasi saralashning uchinchi bosqichi, dastlabki ikki turida g`alaba qozonib, 6 ochko bilan o`z guruhi peshqadami bo`lib turibdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!