Shahzoda Muhammedovaga xiyonat qilishdi

13:55, 20 sentabr

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova unga xiyonat qilishganidan arz qildi. Shahzoda bu haqda o`zining “Instagram”dagi sahifasida shu haqda yozib qoldirdi.

Ma`lumki, Shahzoda aktrisalikdan tashqari dizaynerlik faoliyati bilan ham shug`ullanib keladi, uning xiyonat bilan bog`liq posti ham aynan aktrisaning ushbu faoliyati bilan bog`liq. Shahzodaning bildirishicha, uning ishongan shogirdi xiyonat qilgan. Bu haqda u shunday deb yozadi:

“Shogirdlarga mehr bermang, bilim bermang, siringiz aytib, non berib, tuz bermang. Ular baribir buni bilmaydi, bir kun sizni sotib, xiyonat qilib ketadi. Shu kungacha 100 dan ortiq shogird chiqardim. O`ylaymanki, kasb-hunar sirlari insonni o`zi bilan qolgani ma`qul, faqat farzandga o`rgatilishi kerak. Shogird olmayman boshqa, shogird ichki sirni tashqariga olib chiqadi.”

Shunday qilib dizayner Shahzoda Muhammedova boshqa shogird tayyorlamaslikka qaror qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!