«Atirgul» shirinligi

14:34, 20 sentabr

Kelinchaklarimizning oshxonadagi kashfiyoti

Zarur masalliqlar (4 kishilik): 300 gr. un, 200 grammdan margarin va tvorog, 125 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarimta limon qirindisi, 1 osh qoshiq limon sharbati, 1/3 choy qoshiq iste`mol sodasi, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Margarinni eritib, sovigach, tvorog bilan aralashtiring. 1 osh qoshiq shakar, tuz va 1 dona tuxum sarig`ini qo`shing.

2. Iste`mol sodasini limon sharbati bilan aralashtirib, limon qiridinsini soling. Keyin margarinli aralashmaga qo`shib, un soling-da xamir qoring. Xamirni dumaloq shaklga keltirib, selllofanga o`rang-da, 40 daqiqa sovuq joyda tindiring.

3. Xamirga un sepib, 5 mm. qalinlikda yoying. Tuxum oqini qolgan shakar bilan ko`pirtirib, yoyilgan xamir ustidan surtib chiqing.

4. Xamirni rulet shaklida o`rab, enini 1 sm. qilib kesib chiqing. Yog`langan qolipga kesilgan xamirlarni terib, 170 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!