Aromaterapiyaning 10 foydasi

14:46, 20 sentabr

1.  Jasmin gulining hidi tushkunlikdan qutqaradi. Xayolni bir joyga jamlashga hamda yoqimsiz fikrlarni tarqatib yuborishga yordam beradi.

2.  Sitrus mevalar isi quvonch bag`ishlaydi. Ular cheksiz quvvat manbai sanalishini unutmang.

3.  Poliz ekini qovoqning hidi hislarni junbushga keltirar ekan. Kutilmagan yangilik, shunday emasmi? Tadqiqotlarga ko`ra, 40 % erkaklarga qovoq va lavandadan tayyorlangan atirning hidi juda yoqtirishi aniqlandi.  

4.  Lavanda hidi orom olishga chorlaydi. U tanani bo`shashtirib, uyqusizlikdan sizni tezda forig` qiladi. 

5.  Yalpiz isi diqqatni jamlashga ko`maklashadi. U nafas olishni osonlashtiradi, uning ta`mi esa miya faoliyatini tezlashtiradi. 

6.  Asabiylashyapsizmi? Jahlingizni jilovlay olmayapsizmi? Archazorga boring va u erda  to`yib-to`yib nafas oling. hammasi tezda o`tib ketadi!

7.  Muzqaymoq va pishiriqlarga shirin ta`m beruvchi vanilin insonlarni ham fe`lini ijobiy tomonga o`zgartira olarkan. Uni hidlaganlar rahmdil  va mehribonroq bo`lib qolarkan. Qiziq-a?

8.  Ko`rimsizgina bo`lsa-da, shifobahshlik borasida dolchinga teng keladigani yo`q! Uni hidlashning o`zidayoq, ko`z nuri tiniqlashib, xotira kuchayib, mushaklarning harakatlanishi osonlashar ekan.

9.  Quvnoqlik sizni hech qachon takr etmasligi uchun tez-tez yam-yashil maysazorlarda sayr qilib turing. Yoki hovlingizdagi maysani o`rish ham bu ishning o`rnini bosadi.

10.  Olma ko`proq eng, eyishdan avval esa yuvish va hidlash esingizdan chiqmasin. Axir u bosh og`rig`iga qarshi yaxshi vosita-da!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!