OAV: Anjelina Joli va Bred Pitt ajrashishga ariza berdi

15:06, 20 sentabr

Amerikalik jurnalistlarning ta`kidlashlaricha, Gollivudning eng chiroyli juftligi Anjelina Joli va Bred Pitt ajrashmoqda, deb yozadi “NTV”.

Ma`lum bo`lishicha, aktyorlar hozirda o`z advokatlari bilan konsultasiya olib bormoqda. Joli va Pittning olti nafar farzandi bor.  Ularning daromadi esa 450 million dollar deya baholanmoqda. 

Joli va Pittning nikohi bekor qilinishiga fransuz aktrisasi Mariyon Kotiyyar sababchi sifatida ko`rsatilgan. U Pitt bilan “Sheriklar” filmida suratga tushgan. “Oskar” mukofotiga sazovor bo`lgan bu aktrisa aktyor Giyom Kane bilan fuqarolik nikohida yashaydi. Ularning bir o`g`illari bor.  

Joli va Pittning sevgi tarixi suratga olish maydonchasidan boshlangan. Ular “Janob Smit va Smit xonim” filmida birga suratga tushishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!