Alisher Uzoqov va Rayhonni nima bog`ladi?

15:13, 20 sentabr

Rayhon va Alisherning mazkur suratini ko`rgan muxlisda birinchi yuzaga kelgan savol shu bo`lgan bo`lsa ajab emas. 

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva yangi klipiga aktyor Alisher Uzoqovni taklif qildi. Xonandaning “Halos et” deya nomlangan taronasiga rejissyor Yodgor Nosirov klip suratga olmoqda. Klipda aktyorlar Sayyora Yunusova hamda Mahmud Ismoilovlar ham suratga tushishgan.

Bu Rayhon va Alisherning ikkinchi hamkorligi bo`lib, avval ular xonandaning “Nega endi” klipida birga rol ijro etishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!