Organizmingiz necha yoshda? Test orqali bilib oling!

15:41, 20 sentabr

Kerak bo`ladi: soniyalarni hisoblashi mumkin bo`lgan soat.

Sharti: 4 ta oson mashqlarni bajarib, natijasini yozib boring. Yakunida hisob-kitobini qilasiz. 

1.  Chidamlilik tekshiruvi: O`tirgan bo`lsangiz o`rningizdan turing-da, tomir urish tezligini o`lchang. Endi 20 marta o`tirib-turing. Yana tomir urishini o`lchang. Xo`sh, qanchaga ko`tarildi?
10 ta zarbgacha – 20 ball
10-20 zarbgacha – 40 ball
30-40 zarbgacha – 50 ball
40 ta zarbdan ko`p – 60 ball
Mashqni oxirigacha bajarolmagan bo`lsangiz, 60 ball yoziladi.

2.  Tana elastikligi. Tik turgan holatda oyoq tarafga egiling. Qo`l kafti bilan qancha masofani uddaladingiz?
Qo`lim uchi erga tegayapti – 20 ball
Qo`l uchim erga tegay deyapti – 30 ball
Tizzaning pastki qismiga egila oldim – 40 ball
Tizzamdan salgina pastda – 50 ball
Tizzaga tegindim, xolos – 60 ball

3.  Muvozanat. Mashqni bajarish uchun yordamchi kerak. Ko`zlaringizni yumib, bir oyoqda turing. Ikkinchi oyoq tizzasini buking. Muvozanat yo`qolmasligi kerak. Bu vaqtda yordamchingiz daqiqani hisoblab tursin. Xo`sh, natijangiz?
30 soniyadan ko`p – 20 ball
25 soniya – 30 ball
20 soniya – 40 ball
15 soniya – 50 ball
10 soniya – 60 ball

4. Jismoniy holat. Bir qo`lingizni elka ustidan o`tkazing, ikkinchisini esa yon tarafdan olib o`tib, ikkisini kurakda birlashtiring. Qo`l kaftlari bir-biri bilan birlashishi kerak. Uddaladingizmi?
 Osonlik bilan bajardim – 20 ball
Qo`l uchi tegayapti, ammo barmoqlarni birlashtirolmadim – 30 ball
Qo`llar bir-biriga yaqin, ammo birlashmayapti – 40 ball
Qo`llarimni orqa tarafga o`tkazdim, xolos – 50 ball
Mashqni bajarishga qiynalayapman – 60 ball

Xulosa:
Ballarni qo`shib, yig`indisini 4 ga bo`ling.  Hosil bo`lgan son organizmingiz yoshini ko`rsatadi. Agar yoshingiz o`ttizda bo`lib, test natijasi 45 ni ko`rsatsa, demak organizmingiz 15 yoshga keksaygan. Zudlik bilan sog`lom hayot tarzini boshlang. Test savollariga diqqat qiling, qaysinisida ko`proq ball oldingiz. Yuqori ballga sabab bo`lgan mashqlar ustida ishlab, organizmingizni yoshartiring.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!