Avtomobilni mast holda haydab qochgan fuqaro qo`lga olindi

16:25, 20 sentabr

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani IIBga I.Fozilov ko`chasida yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat etib, uning A.Temur ko`chasida joylashgan kafe oldida qarovsiz qoldirilgan «VAZ-21011» rusumli avtomashinasini noma`lum shaxs haydab olib qochib ketganligini ma`lum qilgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati. 

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “VAZ-21011”ni shu tumanning Mevazor ko`chasida istiqomat qiluvchi 1995 yilda tug`ilgan fuqaro mast holda haydab ketganligi aniqlangan va ushlangan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!