Qarshiga vaqtincha tezyurar elektropoezdlar qatnamaydi

16:36, 20 sentabr

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ bergan ma`lumotlarga ko`ra, texnik sabablarga ko`ra Qarshiga qatnovchi bir qator poezdlar qatnovi bekor qilindi

Toshkent-Qarshi-Toshkent yo`nalishi bo`yicha harakatlanuvchi 760/759 sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda xarakatlanuvchi elektropoezdning qatnovi 20-29 sentyabr, 4,5,6,17,18,19,20,24,25,26,27,31 oktyabr va 1-3 noyabr kunlari bekor qilinadi.

Shuningdek Toshkent-Qarshi-Toshkent yo`nalishida harakatlanuvchi 8/7 sonli “Nasaf” tezyurar poezdining qatnovi ham vaqtincha to`xtatiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!