“Arsenal” 18 yoshli vunderkindga qiziqish bildirmoqda

16:36, 20 sentabr

Londonning “Arsenal” jamoasi Italiyaning “Udineze” klubida to`p surayotgan 18 yoshli iqtidor egasi – Panayotis Armenakasga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda iSport.ua xabar bermoqda.

AQShda tug`ilib, Avstraliyada katta bo`lgan futbolchi 7 yildan buyon skautlarning “nishoni” ostida bo`lib turibdi. 13 yoshida “Benfika” u bilan shartnoma imzolagandi.

Keyin esa u Angliyaning “Uotford” klubi yoshlar jamoasida ham o`z kuchini sinab ko`rdi. Shundan so`ng, Panayotis “Udineze” safiga qo`shilib olgandi. Endilikda u yana Premer-ligaga qaytishi mumkin.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!