O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev yangi metro yo`nalishlari qurilishini loyihalashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi

18:37, 20 sentabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev 18 sentyabr kuni Toshkent shahrining bir qator tumanlarida bo`lib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko`p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob`ektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining holati bilan bevosita tanishdi, deya xabar beradi "Toshkent oqshomi" gazetasi.

Yunusobod tumanidagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishuv davomida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ko`rsatmalariga binoan Toshkent metropoliteni yo`llarini zamonaviy yo`lsozlik va tunnelsozlik texnologiyalarini joriy etish orqali davom ettirish ishlariga alohida e`tibor qaratildi.

Xususan, Yunusobod yo`nalishidagi 2 ta bekatda qurilish ishlarini yakunlash, yangi er osti va er usti tezyurar metro yo`nalishlari qurilishini loyihalashtirish masalalari yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!