Osiyo chempionati: O`zbekiston o`smirlar termasi Yaman U-16 termasini mag`lubiyatga uchratdi

19:52, 20 sentabr

Hindistonning Goa shahrida 16 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Unda ishtirok etayotgan O`zbekiston U-16 termasi ikkinchi g`alabaga erishdi.

Yamanlik tengdoshlariga qarshi kechgan bahsda vakillarimiz Asadbek Sobirjonovning 68-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga zafar quchib, “D” guruhi peshqadamiga aylandi.

Dastlabki turda Temur Olimxo`jaev shogirdlari Tailand U-16 terma jamoasini 5:3 hisobida taslim qilgandi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi guruh bosqichidagi so`nggi o`yinini KXDR termasiga qarshi o`tkazadi.

U-16 Osiyo chempionati

“D” guruhi, 2-tur

Yaman - O`zbekiston — 0:1

Gol: 0:1 – 68 Sobirjonov.

Yaman U-16: 2.Muhammad Al Baadani, 4. Zaidan Nabil Naji, 5.Ahmed Abdulgani, 7.Zahran Abdullah (3.Vagdi Amin 58), 8.Marud Murshed (11.Ahmed Maher 77), 10.Yusuf Kandash, 12.Amir Ali Salah (s), 14.Sabarah Abdulmajid, 15.Valid Asvad (9.Munif Jassar 66), 21.Abdulkarim Abdulloh, 22.Ayman Al Surayhi.

O`zbekiston U-16: 4. Ixtiyor Xoldorov, 5.Muxammadali Namozov, 6.Mardon Abdullaev (22.Abdug`ani Kamolov 68), 7.Oston Urunov, 9.Bahrom Soatov, 10.Rasul Yo`ldoshev, 11.Asadbek Sobirjonov (8.G`ayrat Azizxo`jaev 84), 15.Doniyor Abdumannapov, 17.Abubakir Muydinov, 21.Abduvohid Nematov, 23.Burhon Hasanov (18.Shuhrat Nematov 46).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!