O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Angrendagi bog`cha, bozor va iqtisodiy ob`ektlarni ko`zdan kechirdi

20:49, 20 sentabr

O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 20 sentyabr kuni Angren shahriga tashrif buyurdi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Shavkat Mirziyoev 20 sentyabr kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilish jarayoni bilan tanishish maqsadida Angren shahriga tashrif buyurdi. Tashrif chog`ida u “Angren” maxsus industrial zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, u mazkur hududda konveyer tasmalari, qishloq xo`jaligi shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining amalga oshirilish ishlari bilan tanishdi. Mazkur loyiha doirasida yiliga 100 ming metr konveyer tasmalar, 200 ming qishloq xo`jaligi shinalari, 3 million avtomobil shinalari ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. 2015–2018 yillarga mo`ljallangan loyiha 1200 ish o`rni yaratish imkonini beradi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoev “Angren” ko`mir konda ko`mir qazib olish va etkazib berish hamda “O`zbekko`mir” AJni texnik jihozlash ishlari bilan tanishdi.

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoev shahardagi 24-sonli maktabgacha ta`lim muassasasining faoliyati bilan tanishdi hamda Angren shahar dehqon bozoriga tashrif buyurdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Angren shahrida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, uy-joy va ijtimoiy soha ob`ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari bilan tanishdi. Xususan, maktabgacha ta`lim muassasasi, dehqon bozorini borib ko`rdi. 

Uchrashuvlarda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini, ijtimoiy infratuzilmani yanada takomillashtirish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, zamonaviy istirohat va dam olish bog`larini barpo etish loyihalarini amalga oshirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Shahar faollari yig`ilishida O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning faoliyati hamda mustaqillikka erishish, yurt ravnaqini ta`minlash, tinchlik va xalq farovonligini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari alohida ta`kidlandi. Uning uzoqni ko`zlagan siyosati natijasida O`zbekiston zamonaviy sanoatga ega mamlakatga aylandi.

Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Angren” industrial zonasida 11 ta yirik investision loyiha amalga oshirilmoqda. Yil oxiriga qadar yana 7 ta yangi ishlab chiqarish korxonasini foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Tanqidiy ruhda o`tgan yig`ilishda Angren shahri ijtimoiy infratuzilmasini modernizasiyalash masalalari tahlil etildi. Shahar hokimi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir ko`rsatmalar berildi. 

Shuningdek, bir qator tashkiliy masalalar ko`rib chiqildi.

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!