O`zbekiston meteokuzatuvlar tarixida kuzgi maksimal issiq harorat qayd etiladi

21:18, 20 sentabr

O`zbekistonda havo harorati biroz tushishi ortidan yana issiq kunlar kirib kelishi kutilmoqda.

O`zgidrometdan Darakchi.uz nashriga ma`lum qilishlaricha, Turkmanistondan kirib kelayotgan issiq harorat natijasida O`zbekistonda hafta davomida o`rta iqlim me`yoridan yuqori harorat kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda 22-23 sentyabr kunlari harorat meteokuzatuvlar tarixining eng maksimal ko`rsatkichini qayd etadi (+36 +37 ˚C).

Mamlakatimiz janubida (Surxondaryo, Qashqadaryo viloyati) harorat +39 ˚C ko`tariladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!