Paralimpiya o`yinlari g`oliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to`g`risida O`zbekiston Prezidentining farmoyishi imzolandi

21:44, 20 sentabr

Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tgan XV yozgi Paralimpiya o`yinlari g`olib va sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi imzolandi.

Farmoyish 2016 yilning 19 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolandi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o`rtasida Paralimpiya harakatini targ`ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tgan XV yozgi Paralimpiya o`yinlarida munosib ishtiroki, jasorat, matonat va mardlik namunasini ko`rsatib, yurtimizning xalqaro maydondagi obro`-e`tibori va nufuzini yanada yuksaltirishga salmoqli hissa qo`shgani uchun hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 iyuldagi PQ-2558-son qaroriga muvofiq:

1. Quyidagi sportchilar biryo`la to`lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlansinlar:

oltin medal olgani uchun

har biri 200 000 AQSh dollari bilan:

          Namozov Sherzod Nasimovich – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Nigmatov Utkirjon Ismatillo o`g`li – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Tulendibaev Adiljon Rishatovich – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Norbekov Xusniddin Kilichboevich – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Svechnikov Aleksandr Vladimirovich – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Kayumova Nozimaxon Nomonjonovna – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Musabekov Firdavsbek Ulug`bek o`g`li – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Amilova Fotimaxon Ravshanbek qizi suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;

kumush medal olgani uchun

har biri 100 000 AQSh dollari  bilan:

          Alimova Xaytjon Abdulla qizi – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Burxonova Safiya Kaimovna – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Odilova Muslima Ulug`bek qizi – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Pankov Kirill Dmitrievich – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;

bronza medali olgani uchun

har biri 75 000 AQSh dollari bilan:

          Boboev Shuxrat Shonazarovich – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Saidov Feruz Beshimovich – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Sharipov Shirin Xomitovich – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Salaeva Sevinch Odambay qizi – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Raximova Gulruh Ilxambekovna – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Nurmetova Tursunpashsha Baxramovna – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Saliev Doniyor Nurulla o`g`li – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Bozorov Axror Botirovich – pauerlifting bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Tursunxo`jaev Muzaffar Shuxratillo o`g`li – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Xorlin Dmitriy Sergeyevich – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Toshpulatova Shoxsanamxon  Dilshodbek qizi – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Ibragimov Server Yusufovich – o`q otish bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Saxatov Miran Miryunusovich – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Xamraev Faxriddin Farxodovich – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;

          Abdurashidov Mansur Samat o`g`li – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi.

Farmoyishga ko`ra, Pul mukofotlarini to`lash O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada – AQSh dollarida, bankda jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisob raqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablag`lari o`z vaqtida ajratilishini ta`minlab, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki esa O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgaliqda ajratilgan mablag`larni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo`yicha belgilangan tartibda konvertasiya qilinadi.

XV Paralimpiya o`yinlari qatnashchilari O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi huzuridagi Olimpiyachilarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tomonidan sotib olingan “Malibu” markali engil avtomobillari bilan mukofotlanadi.

Mazkur farmoyish asosida jismoniy shaxslarga berilgan engil avtomobillar qiymatiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i solinmaydi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!