Temur Olimxo`jaev: Ximoyamiz avvalgi o`yinga taqqoslaganda ishonchliroq harakat qildi

08:48, 21 sentabr

O`zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo`jaev Yamanga qarshi (1:0) U-16 Osiyo chempionati “D” guruhi 2-turidan so`ng o`yin haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi. Murabbiy so`zlari O`FF matbuot xizmatining "Telegram"dagi sahifasida keltirildi. 

Bugun raqibiz – Yaman terma jamoasi yaxshi o`yin ko`rsatdi. Bu jamoa bilan Falastinda o`tkazilgan saralash bosqichida ham to`qnash kelgandik. O`shanda 5:2 hisobida g`alaba qozongandik. Shundan buyon ular o`yin jihatdan katta o`sishga erishdi. Ular buni bugungi o`yinda isbotlashdi. Biroq biz baribir kuchliroq ekanimizni ko`rsatdik va g`alaba qozondik.

Ximoyamiz avvalgi o`yinga taqqoslaganda ishonchliroq harakat qildi. Ammo, baribir, ular bugun ham ko`plab xatolarga yo`l qo`yishdi va Yaman xavfli vaziyatlar yaratdi. Darvozabonimiz yaxshi seyvlar amalga oshirdi. Bu uning ishi va u o`z ishini yaxshi bajardi. Tanaffusdan so`ng xujumda ancha faolroq harakat qildik. Birinchi bo`limdan keyin kerakli xulosalar chiqarib, o`zgarishlar qildik.

Bugungi o`yinlar natijalaridan qat`iy nazar, Shimoliy Koreyaga qarshi o`yinda ham g`alaba uchun maydonga tushamiz. Guruh g`olibi bo`lishga intilamiz”, – dedi Olimxo`jaev. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!