Angliya Liga Kubogi. “Chelsi” dramatik o`yinda “Lester”ni mag`lubiyatga uchratdi (Video)

09:47, 21 sentabr

Angliya Liga Kubogi 3-bosqichida mamlakat chempioni “Lester” o`z maydonida “Chelsi” futbolchilarini qabul qildi. Dramatik kechgan o`yinda 2:4 hisobida qayd etilib, londonliklar foydasiga hal bo`ldi.

O`yinning 17-daqiqasida Okadzaki hisobni ochgan bo`lsa, uning o`zi 34-daqiqada yana gol kiritdi. Birinchi bo`lim yakuniga etay deb qolgan bir vaqtda Gari Keyxill hisobni qisqartirishga erishdi.

Ikkinchi bo`limning 4-daqiqasida Sezar Aspilikueta muvozanatni tikladi. O`yin so`nggigaq qadar 2:2 hisobi saqlanib qoldi va jamoalar qo`shimcha taym o`ynadi. 92 va 94-daqiqalarda gol kiritgan Sesk Fabregas o`yin qaxramoniga aylandi. Shu tariqa, Antonio Konte jamoasi keyingi bosqchiga yo`l oldi.

“Lester” – “Chelsi” 2:4 (2:1, 0:1, 0:2)

Gollar: 1:0 – 17 Okadzaki, 2:0 – 34 Okadzaki, 2:1 – 45 Keyxill, 2:2 – 49 Aspilikueta, 2:3 – 92 Fabregas, 2:4 – 94 Fabregas.

“Lester” – Siler, Morgan, Chiluell, Simpson, Vasilevski, Grey (Amarti, 90), King, Drinkuoter, Shlupp, Okadzaki (Uloa, 75), Musa (Vardi, 76).

“Chelsi” – Begovich, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Matich, Fabregas, Loftus-Chik (Diego Kosta, 67), Mozes, Pedro (Azar, 89), Batshuayi (Chaloba, 80).

Ogohlantirishlar: Vasilevski (52), Matich (83), Drinkuoter (87), Chiluell (103), David Luiz (109).

Chetlatish: Vasilevski (89).
 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!