O`zbekiston-Qirg`iziston Davlat chegarasi uchastkalarida qo`shma dala tekshiruvlari o`tkazildi

10:13, 21 sentabr

2016 yilning 14-20 sentyabr kunlari Jalolobod va O`sh shaharlarida O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasining O`zbekiston-Qirg`iziston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha Hukumat delegasiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Davlat chegarasining 23 ta uchastkasida qo`shma dala tekshiruvlari o`tkazildi. Muzokaralar yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi.

Uchrashuv konstruktiv va do`stona muhitda o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!