Pan Gi Mun mamlakatlarni 1,2 mln qochoqni qabul qilishga chaqirdi

10:54, 21 sentabr

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakatlarni og`ir ahvoldagi 1,2 mln qochoqni qabul qilishga chaqirdi. AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan qochoqlar bo`yicha o`tkazilgan sammitda u o`tgan yili bor yo`g`i 100 ming qochoq boshpana topa olganini ta`kidladi.

“Qariyb 1,2 mln eng tahqirlangan qochoqlar ko`chirilishga muhtoj”, - deydi u. 

BMT ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunda dunyo bo`yicha 21 mln qochoq hisobga olingan. Ulardan 90% sakkiz mamlakatdan qo`nim topgan: Iordaniya, Eron, Keniya, Livan, Pokiston, Turkiya, Uganda va Efiopiya. Pan Gi Munning so`zlariga ko`ra, ularning barchasi past yoki o`rta daromadli davlatlar qatoriga kiradi va o`zlari ham xalqaro yordamga muhtoj. Uning so`zlariga ko`ra, Obama rahbarligidagi sammit mamlakatlarga qochoqlar bilan bog`liq global inqiroz uchun javobgarlikni bo`lishish imkonini beradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!