Bangladeshda bir kecha-kunduzda 18 kishi yashin urishi oqibatida halok bo`ldi

11:10, 21 sentabr

Bangladeshda bir sutkada 18 kishi yashin urishi oqibatida halok bo`ldi, 15 kishi jiddiy kuyish jarohati oldi. Bu haqda Bangladesh tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish departamenti direktori Halid Mahmud ma`lum qildi hamda aholini ehtiyotkorlikka chaqirdi.

Har yili ushbu tabiat hodisasi yuzlab insonning hayotiga nuqta qo`yadi, so`nggi vaqtlarda vaziyat yomonlashib bormoqda, shu sababli hukumat aholi o`rtasida tushuntirish ishlarini olib borishga kirishgan.

Aksariyat hollarda dalada ishlayotgan dehqonlar va ov qilayotgan baliqchilar chaqmoqning qurboniga aylanadi. Bugun halok bo`lganlar orasida ham sakkiz nafar baliqchi va olti nafar fermer bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!