Karra jadvalni shu paytgacha noto`g`ri yodlab kelganimiz ma`lum bo`ldi

12:07, 21 sentabr

Matematika o`qituvchisi Ekaterina Kunina AdMe.ru portaliga, karra jadvalini to`g`ri yodlash va asablarni asrab qolish yo`lini o`rgatdi. Bu uslub nafaqat yodlashni engillashtiradi, balki bilim berib, bolaning kundalik daftarini qutqarib qoladi.

Siz bolalarning matematik bilimi tushib borayotgani haqida avval eshitgansiz.

Farzandlarim ikkinchi sinfda o`qiyotganda men nima uchun maktabda matematik bilim darajasi tushishini tushunib etdim. Aynan ikkinchi sinfda matematik ilm olishda katta bo`shliq yuzaga keladi.

Asosiy muammo — karra jadvalida. Farzandlaringizdagi katak daftarlarga nazar soling.

Men ko`p do`konlarda bo`ldim, ammo ularning hammasida mana shu tasvir:

Xo`sh, nima uchun bu daftar yomon? Hech narsadan shubhalanmagan ota-onalar unda karra jadval aks etayotganligini ko`rishadi. Aslida doim shu jadvalning surati bo`lgan daftarlarda. Xo`sh, buning nimasi yomon?

Muammo shundaki daftarlardagi karra jadval EMAS.

Karra jadval mana bu:

Boshqacha qilib uni “Pifagor jadvali” deb atashadi.

Tepadagi va chapdagi ustunni olmasa ham bo`ladi, faqat asosiy to`g`rito`rtburchak.

Birinchidan, bu jadval. Ikkinchidan, u qiziqarli!

Hech qaysi bola ustuncha qilib yozilgan 2*2=4 misollarida biror qonuniyat va qiziqarli holat izlamaydi.

Uuman olganda, o`qituvchi bolaga: «Karra jadvalni yod ol!» desayu, — bola oldida hech qanday jadvalni ko`rmasa, u matematika qiziqarli fanligini anglamaydi va shunchaki yod olish bilan ish bitadi degan xulosalarga keladi.

Jadval nimasi bilan yaxshi?

  • Birinchidan, unda chapdagi misollar ko`rinishidagi ortiqcha ma`lumot yo`q.
  • Ikkinchidan, uning ustida bosh qotirsa bo`ladi.
  • Uchinchidan, agar u doim qo`l ostida bo`lib, bolaning ko`zi doimiy ravishda shunga tushsa, u o`zi bilmagan holda bu sonlarni eslab qolishni boshlaydi. Aytaylik, «etti karra sakkiz» savoliga hech qachon «55» deb javob bermaydi, sababi bu sonning o`zi jadvalda yo`q!

Bundan tashqari bola avtomatik tarzda qonuniyatlarni izlashga moyil bo`ladi. Va o`zi mustaqil ravishda topa oladi. Bunday qonuniyatlarni hatto ko`paytirishni bilmagan bola ham anglashga qodir.

Masalan: simmetrik sonlar diagonal sonlarga — teng.

Inson ongi simmetriya izlashga moslashgan, va agar uni topsa va sezsa — juda hursand bo`ladi. 

Eng muhimi, bola buni o`zi tushunib etadi! Inson o`zi idrokini ishga solgan holda anglab etgan narsasini yod olgan narsasidan ko`ra bir umr eslab qoladi.


 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!