“Barselona” Serxio Buskets bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirmoqchi

14:14, 21 sentabr

“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Serxio Buskets 22 sentyabr kuni kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Mundo Deportivo ma`lum qilmoqda.

Manbaning ta`kidlashicha, Ispaniya terma jamoasining kataloniyaliklar bilan amaldagi kelishuvi 2021 yilgacha uzaytiriladi. Busketsning tovon puli esa 200 million evro qilib belgilanadi.

Yangi kelishuvga ko`ra, ispaniyalik yarim himoyachining maoshi Xerard Pike, Andres Inesta va Luis Suares kabi bo`ladi. “Barselona”da eng ko`p maoshni Messi oladi. Keyingi o`rinda esa Neymar turadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!