Tibbiyot kollejlarida ta`lim sifatini yanada oshirishga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi

16:19, 21 sentabr

Andijonda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi tibbiyot kollejlarida o`tgan o`quv yilida amalga oshirilgan ishlar va 2016-2017 o`quv yilidagi muhim vazifalarga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Andijon va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot kollejlari direktorlari, ularning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosarlari ishtirok etdi. 

Tadbirda ta`lim sifati va ma`naviy-axloqiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, ta`lim jarayoniga turli interfaol usullarni joriy etish orqali yoshlarning faolligini, tashabbuskorligi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, o`quvchilar o`rtasidagi ijodiy raqobatni kuchaytirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. 

Seminarda kollej direktorlarining mavzu doirasidagi ishlarni tashkil etish bo`yicha taqdimotlari tinglandi. Shuningdek, o`quvchilarning kiyinish madaniyati, ularning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazishda sport va fan to`garaklari faoliyatini samarali tashkil etish, ilg`or tajribalarni ommalashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!