Qirg`iziston prezidenti matbuot xizmati Almazbek Atambaevning sog`lig`i to`g`risida axborot berdi

16:24, 21 sentabr 2016

20 sentyabr kuni Qirg`iziston prezidenti matbuot xizmati Almazbek Atambaevning sog`lig`i yomonlashgani tufayli tibbiy ko`rikdan o`tish uchun qisqa muddatli ta`til olganini ma`lum qilgan edi. Hozirgi paytda Qirg`iziston Respublikasi prezidentining salomatligi qoniqarli ahvolda, deb yozadi “RIA Novosti”. 

Almazbek Atambaev ayni paytda Turkiyadagi klinikalardan birida davolanmoqda. 

19 sentyabr, dushanba kuni Qirg`iziston prezidenti yuragidagi muammolar sabab Nyu-Yorkda o`tayotgan BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok eta olmasligi ma`lum bo`lgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!