O`zbekistonda 13 million kishi internetdan foydalanadi

17:02, 21 sentabr

O`zbekistonda internet foydalanuvchilar soni 13 milliondan oshdi. Bu haqda O`zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o`rinbosari Alisher Fayzullaev ICTSUMMIT axborot-kommunikasion texnologiyalar sammitida ma`lum qildi. 

Uning so`zlariga ko`ra, mobil aloqa bilan aholi punktlarining 92% qamrab olingan bo`lib, uning abonentlari soni 20,8 millionga etgan. Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish tezligi soniyasiga salkam 35 Gbit/s etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!