Yong`oqli «somsa»lar Koni foyda shirinlik

10:55, 22 sentabr

Koni foyda shirinlik

Zarur masalliqlar: 300-350 gr. un, 200 gr. sariyog`, 100 gr. shakar, 1 stakan maydalangan yong`oq (bodom yoki istalagn yong`oq turini ishlatish mumkin), 1 dona tuxum, 2-3 osh qoshiq asal, 1-2 osh qoshiq apelsin sharbati, 1 choy qoshiq apelsin qirindisi, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Sariyog`ni to`rtburchak shaklda to`g`rang-da, shakar qo`shib, biroz vaqt qoldiring. Xona haroratida biroz yumshagach, yaxshilab aralashtiring.

2. Sariyog`li aralashmaga tuxum qo`shib, ko`pirtiramiz. Un, ozgina yong`oq talqoni, apelsin sharbati va qirindisini solib, aralashtiring. Tayyor xamirni to yong`oqli aralashmani tayyorlanguncha muzxonaga qo`ying.

3. Maydalangan yong`oqqa (biror meva qoqidan ham qo`shish mumkin) asal solib, aralashtiring.

4. Xamirni 3 mm. qalinlikda yoyib, stakan bilan aylana shakllar kesib oling. O`rtasiga 1 choy qoshiqdan yong`oqli aralashmadan solib, somsa shaklida tuging. Yog`langan qolipga terib, 180-190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo`ying.

5. Qolgan xamirni uzunchoq shaklida kesib, qand upasi seping-da, ularni ham qolipga terib, 15-20 daqiqaga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

5 kishilik

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!