O`zbekiston Kubogi: “Nasaf” finalga chiqdi, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” final uchun kurashadi

11:03, 22 sentabr

O`zbekiston Kubogi doirasida yarim final va chorak final o`yinlari bo`lib o`tdi. Yarim final bahsida “Nasaf” jamoasi javob o`yinini safarda – “Buxoro” bilan o`tkazdi va 2:1 hisobida zafar quchdi.

Dastlabki o`yinda “Nasaf” o`z maydonida 2:0 hisobida yutib, ikki o`yin natijasiga ko`ra final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Amaldagi Kubok sohibi “Nasaf” oltinchi marta finalda bahs yuritadigan bo`ldi.

O`zbekiston Kubogi chorak final javob o`yinida esa “Bunyodkor” “Metallurg” bilan 0:0 hisobida durang o`ynadi. Dastlabki o`yinda “qaldirg`ochlar” 3:1 hisobida g`alaba qozongani uchun yarim finalga yo`l oldi.

“Bunyodkor” final yo`llanmasi uchun “Lokomotiv” bilan kuch sinashadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!