Yangicha palov

11:43, 22 sentabr

Tovuq go`shti va qovoq bilan dimlangan guruch

Zarur masalliqlar: 600 gr. tovuq go`shti, 300 gr. qovoq, 150 gr. guruch, 3 dona qizil bulg`or qalmpiri, 4 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiqdan mayonez, ketchup va zanjabil, 1 choy qoshiq yanchilgan qalampir, yarim choy qoshiq kurkuma, rozmarin, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini kattaroq bo`laklarga bo`ling. Zanjabil, kurkuma, qalampir, maydalangan sarimsoqpiyoz va rozmarinni soling. Tuz sepib, mayonez va ketchupni ham qo`shing-da, aralashtiring.  30 daqiqaga marinadlab qo`ying.

2. Qovoq va bulg`or qalampirini katta bo`laklarga bo`lib, pishiriq qog`ozi solingan patnisga tering.

3. No`xatni bir kun oldin qaynoq suvda ivitib qo`ying. So`ngra qaynating. Guruchni ham alohida qaynatib pishiring.

4. Sabzavotlar ustiga marinadlangan tovuq go`shti bo`laklarini joylab, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying.

5. Qaynatilgan guruch va no`xatni tovuq go`shtli taomga qo`shib, yana 5-10 daqiqa gaz pechida 180 darajada qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa.

4 kishilik

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!