“Arsenal” 2017 yilning yozida “Real” hujumchisi Karim Benzema uchun 47 mln evro taklif qiladi

14:32, 22 sentabr

“Arsenal” jamoasi rahbariyati 2017 yilning yozida “Real” hujumchisi Karim Benzemani o`z safiga qo`shib olishga harakat qiladi. Bu haqda Merca Futbol nashri ma`lum qilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, “to`pchilar” fransiyalik futbolchi uchun 47 million evro taklif qiladi. “Real” ushbu taklifni ko`rib chiqadi, ammo madridliklar 2018 yilgacha transfer amalga oshira olmaydi.

Joriy mavsumda Benzema “Real”ning 5 ta o`yinida maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!