Madam Tyusso muzeyidagi Anjelina Joli va Bred Pitt bir-biridan ajratib qo`yildi

14:57, 22 sentabr

Anjelina Joli va Bred Pittlarning ajrashish jarayoni boshlanganidan so`ng Londondagi Madam Tyusso muzeyi xodimlari aktyorlarning mumdan yasalgan haykallarini bir-biridan ajratib qo`yishdi. Ular bungacha bir joyda yonma-yon turishgan edi, deb yozadi “1news.az”.

“Gollivud aktyorlarining butun dunyoni shokka solgan xabaridan keyin ularning muzeydagi haykallarini bir-biridan uzoqroq qo`yishga qaror qildik”,—deydi muzey xodimlaridan biri.

Joli va Pitt haykallari orasidan esa aktyor Robert Pattinson haykali o`rin egalladi.

Ma`lumot uchun, aktyorlarning mumdan yasalgan haykallari Madam Tyusso muzeyida 2013 yilda paydo bo`lgan va ular hozirgi kungacha yonma-yon turgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!