Futbolchi o`yinning hakam tomonidan qo`shib berilgan vaqtida jarima zarbasini golga aylantirdi (Video)

16:20, 22 sentabr

Angliya Liga Kubogi 1/16 finalida Londonning “Vest Xem” jamoasi o`z maydonida quyi divizion vakili “Akkrington” klubi bilan o`zaro bahs olib bordi.

O`yin davomida har ikki jamoada hisobni ochish imkoniyati mavjud edi, ammo gol bo`lmadi. Faqatgina hakam tomonidan o`yinning asosiy vaqtida qo`shim berilgan daqiqalarning oltinchisida “Vest Xem” hujumchisi Dimitri Payet jarima zarbasini amalga oshirib, uni golga aylantirdi.

Aynan Payetning goli “Vest Xem”ni Angliya Liga Kubogi nimchorak finaliga olib chiqdi. Nimchorak finalda “Vest Xem” Londonning boshqa bir klubi – “Chelsi” bilan kuch sinashadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!