Rasmiy xabar! “Barselona” Serxio Buskets bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirdi

17:38, 22 sentabr

“Barselona” klubi yarim himoyachi Serxio Buskets bilan yangi shartnoma imzolanganini rasman ma`lum qildi. Bu haqda klubning “Tvitter” sahifasida e`lon qilindi.

Xabarda qayd etilishicha, yangi shartnoma muddati 2021 yilgacha mo`ljallangan. Shuningdek, Serxio Busketsning tovon puli 200 million evroga etib belgilandi.

Avvalroq tomonlar kelishuvga erishgani haqida ma`lum qilingandi. Buskets joriy mavsum Ispaniya chempionatida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!